Ro‘yxatni endi boshqa brend boshqarmoqda

  •   Saroy
  •  1984
  •  18.10.2018 16:07

Ro‘yxatni endi boshqa brend boshqarmoqda

Test uchun eng mashhur ilovalardan birining ixtirochilari  Android-smartfonlarning ishlash samaradorligi bo‘yicha yangi reyting ro‘yxatini e’lon qildi. Ta’kidlash joizki, sentyabr oyi uchun tuzilgan ushbu reytingda hech kim kutmagan brend tepaga chiqib olganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Bu gal ro‘yxatni Asus ROG Phone boshqarmoqda. U kuchaytirilgan  Snapdragon 845’da ishlaydi. Ushbu chip ilg‘or sovutish tizimiga ega. Undan keyin Xiaomi Black Shark o‘yin smartfoni joy oldi, u  oddiy Snapdragon 845 chipi va sovutish tizimiga ega bo‘lib, bir necha oydan buyon ro‘yxat boshini hech kimga bermay kelayotgan edi.   

O‘yin smartfonlarining ro‘yxat tepasida turishidan hayratlanmasa ham bo‘ladi. Chunki ular shuning uchun maxsus yaratilgan. Ammo, eng dolzarb flagman deb atalayotgan Samsung Galaxy Note9’ning yettinchi o‘rindan joy olganini haqiqiy ma’noda hayratlanarli desa bo‘ladi.

O‘QING:AnTuTu’da eng kuchli, ammo arzon flagman – Xiaomi Pocophone F1’ni sinab ko‘rishdi! («jonli» video)

Uni hatto, OnePlus 6 ham osongina quvib o‘tdi va uchunchi o‘rinni egalladi. Bunga sabab esa, OnePlus 6 modelining ichi haqiqiy ma’noda flagmanchasida bo‘lganidir. Top darajadagi protsessor Snapdragon 845 va 6 yoki 8 GB tezkor xotira. microSD Kartasini qo‘shish mumkin emas, shu bois faqat ichki xotirasi 64, 128 yoki 256 GB bo‘lganlarini topish mumkin.

Beshinchi o‘rinni iPhone X’ning nusxasiga aylangan Xiaomi Mi 8 oldi. Ushbu qurilma 6,21-dyuymli displeyga ega, formati  2248x1080 pikselli. Shuningdek, smartfon Qualcomm Snapdragon 845 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, xotira sig‘imi 6 GB va batareya sig‘imi 3400 mAch.

Kuchli o‘nlikka  ASUS ZenFone 5Z  ham kirdi. Yangi mobil platformasi Qualcomm Snapdragon 845 bazasida ishlaydi, hatto sun’iy intellekti ham bor. Ekrani katta, qo‘sh kamerasi flagmanchasiga. Shunday kuchli apparat bo‘lgani bilan,  ZenFone 5Z o‘zining arzon narxi bilan hammaning e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

O‘QING:Apple yana AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi – bu gal iPhone XS Max!

Mi Mix 2S esa to‘qqizinchi o‘rinni egallab, kompaniya rahbariyatini yana bir bor xursand qildi. Chunki, ushbu havas uyg‘otadigan o‘nlik “klubida”  Xiaomi’dan yana bir model borda. Qurilma qimmat Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi. Qolaversa, qurilma optik zumli asosiy qo‘sh kamera bilan jihozlangan, akkumulyator sig‘imi 3400 mAch.

Reyting ro‘yxatini Xiaomi’ning yana bir modeli Pocophone F1 to‘ldirib turibdi. Ushbu smartfon  6,18-dyuymli qirqmasi bor ekranga ega. Chip esa Snapdragon 845 bo‘lib, u 2,8 GGs chastotasida ishlaydi. Asosiy qo‘sh kamera 12+5 megapikselga ega va selfi uchun ham  20 megapikselli kamerasi bor.

Xullas, sentyabr oyi reytinggida shubhasiz o‘yin smartfonlari liderlik qilmoqda. Shunday ekan, agar haqiqatan ham kuchli smartfon xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, aynan shunday apparatlarni mo‘ljal qiling. Bundan tashqari, ro‘yxatda oxirgi  ikki o‘rinni egallagan  ikki modelga – “qariya” Mi Mix 2S hamda “arzon” Pocophone F1’ga e’tibor qarating. Narxi arzon, lekin bozordagi eng kuchli smartfonlar o‘nligiga kiradi.

Aytish kerakki, kuchlilar ro‘yxatiga kiruvchi flagmanlarni taqdim etgan kompaniyalarning aksariyat modellardagi smartfonlari O‘zbekistonda ham sotilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda Xiaomi va Meizu, shuningdek, kelasi oyning yetakchisi bo‘lishi kutilayotgan Huawei hamda, barcha uchun ommabop Samsung smartfonlarini onlayn xarid qilish imkoni bor.

O‘QING:AnTuTu reytingi: Android-smartfonlarning yangi rekordchisini qarshi oling!