Samarqandda ham Xiaomi servis markazi ishga tushdi, kafolat shartlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  5369
  •  04.04.2018 17:23

Samarqandda ham Xiaomi servis markazi ishga tushdi, kafolat shartlari bilan tanishing!

Yurtimizda taniqli xorijiy kompaniyalarning mahsulotlariga kafolat xizmatlarini taqdim etuvchi servis markazlari ochilayotgani quvonarli hol, albatta. Jumladan, yaqinda poytaxtimizda Xiaomi servis markazi ishga tushirilgan edi.

O‘QING: Xushxabar: Toshkentda Xiaomi servis markazi ochildi!

Endi esa qadimiy va navqiron Samarqand shahrida ham «xitoycha Apple» mahsulotlari uchun kafolat xizmatlarini taqdim etuvchi servis markazi ochilgani ma’lum bo‘ldi.

Endi ushbu viloyatda va unga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz o‘zlarining Xiaomi smartfonlari bo‘yicha mazkur servis markaziga murojaaat etishlari mumkin. Faqat buning uchun, xarid qilingan smartfon jamlanmasida uning O‘zbekistonda rasman sotilayotganligini tasdiqlovchi tegishli belgilar bo‘lishi lozim.

Jumladan, qadoqning ustida, qopqog‘iga yopishtirilgan stikerda bu mahsulotning Markaziy Osiyo bozori uchun taqdim etilganligini hamda 1 yillik kafolatga ega ekanligi ingliz va rus tillarida yozilgan bo‘lishi darkor:

Qutining pastki qismidagi qog‘ozga xitoycha emas, balki inglizcha yozilgan, unga «Xiaomi» yozuvli gologrammali stiker yopishtirilgan bo‘ladi:

Kafolat talonining ustki tarafiga ham gologrammali, doirasimon stiker yopishtirilgan, oxirida esa servis markazining raqamlari (Toshkentda: 200-300-5, Samarqandda: +99897-919-31-12) tushirilgan bo‘lishi kerak:

Talonning orqa tomonida mahsulotning kafolat shartlari rus va o‘zbek tillarida yozilgan, oxirgi qismida QR-kod hamda pastida http://uzxiaomi.uz yozuvi tushirilgan bo‘ladi:

Va nihoyat, kafolat talonining mana shu qismidagi tegishli bo‘sh joylar sotuvchi tomonidan to‘g‘ri va aniq to‘ldirilgan bo‘lishi lozim:

Bizgacha yetib kelgan xabarlarga ko‘ra, shu kabi Xiaomi servis markazlari boshqa viloyatlar markazlarida ham ochilishi rejalashtirilgan. Jumladan, yaqin oylarda Farg‘ona vodiysida hamda Surxondaryo va Qashqadaryoda servis markazlari ishga tushishini kutishimiz mumkin. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizni kuzatib boring.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari kafolat shartlarini bilib oling va Redmi 5 Plus videotavsifini tomosha qiling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.