Samsung butunlay qayrilma 3D-ekranli smartfon patentladi – bu Galaxy S12 bo‘lishi mumkin! (+rasmlar)

  •   DiMaX
  •  3218
  •  13.06.2019 17:10

Samsung butunlay qayrilma 3D-ekranli smartfon patentladi – bu Galaxy S12 bo‘lishi mumkin! (+rasmlar)

Janubiy koreyalik korporatsiya displeyi har to‘rt tomonidan qayrilgan, umuman romsiz smartfon tayyorlayotgani haqida o‘tgan yilning dekabridayoq mish-mishlar chiqqandi. Letsgodigital nashri bugun uning patent hujjatlaridagi chizmalar hamda render suratlarini e’lon qildi.

O‘QING: Samsung umuman kemtik va tirqishlarsiz, romsiz ekranli ideal smartfon tayyorlayapti!

Samsung Electronics hali o‘shanda – o‘tgan yilning oxiridayoq Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga mazkur qurilmani patentlashtirish uchun hujjat topshirgan ekan. Oradan deyarli olti oy o‘tibgina bu hujjatlarning ayrim qismlari e’lon qilindi.

Patent hujjatidagi chizmalarga ko‘ra, smartfonning ekrani umuman romsiz, balki aksincha – displeyning qirralari qayrilib, korpusni yopib turadi. Ekranning faqatgina to‘rt chekkasi emas, balki butunicha o‘zi qayrilma shaklda.

Smartfonning orqa paneli ham shishadan ishlangan; bu esa unga simsiz quvvatlanish, shuningdek, Galaxy S10 (sotib olish) flagmanlari singari boshqa gadjetlarni simsiz quvvatlash imkonini beradi. Korpus ichida metalldan ishlangan shassi joylashgan.

Gadjetning old kamerasi va boshqa datchiklari displeyning yuqori qismidagi qayrilgan hududiga o‘rnatilgan. Daktiloskopik datchik ham ekranning o‘ziga integratsiya qilingan.

O‘QING: Samsung smartfonlar uchun «ko‘rinmas» kameralar, «gapiruvchi» va to‘liq daktiloskopli ekranlar tayyorlamoqda

Bosh kamera orqa panelning yuqori qismi o‘rtasida, tikkasiga joylangan.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, mazkur kompaniya Galaxy S9 flagmanida Galaxy S8 modelining deyarli o‘zini takrorlab, ayrim jihatlarini yaxshilagan, xolos. Tahlilchilarga ko‘ra, Galaxy S11 modeli ham inqilobiy smartfon bo‘lmasdan, Galaxy S10 modelining yaxshilangan ko‘rinishi bo‘ladi. Yuqoridagi patentda tasvirlangan flagman esa 2021 yili, Galaxy S12 modeli sifatida taqdim etilsa kerak.

O‘QING: Samsung eng antiqa dizaynli smartfonni tayyorlayapti, lekin bu Galaxy Fold yoki Galaxy Note 10 emas!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.