Samsung endi Galaxy’dan tashqari o‘ta arzon Rize seriyasida ham smartfonlar chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  2444
  •  11.12.2018 11:16

Samsung endi Galaxy’dan tashqari o‘ta arzon Rize seriyasida ham smartfonlar chiqaryapti!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining smartfonlarini asosan «Galaxy» nomli turli turkumlarda taqdim etib kelayotganini bilamiz. u endi masalaga butkul yangicha yondashayotir...

O‘QING: Hamyonbop Galaxy M smartfonlarining narxlari va ayrim jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung joriy yilning noyabr oyi yakunida Rize nomli yangi savdo markasini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Endi esa ular qatoriga yana uchta nom qo‘shildi: Rize10, Rize20 va Rize30. Hujjatlarga ko‘ra, ular aynan smartfonlarga tegishli, ammo qurilmalar nomlarida «Galaxy» so‘zi umuman qo‘llanmagan. Shunga ko‘ra, Rize – Samsung tomonidan taqdim etilishi rejalashtirilayotgan smartfonlarning yangi seriyasidir.

Ushbu savdo belgilari Buyuk Britaniyada registratsiyadan o‘tkazilgan. Shunga ko‘ra, yangi smartfonlar nafaqat Xitoyda, balki Yevropada va katta ehtimol bilan boshqa hududlarda ham rasman sotiladi. Lekin Rize smartfonlarining xususiyatlari, narxlari, taqdimot vaqtlari haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q.

Darvoqe, Samsung ayni damda Galaxy seriyasida ham yangi turkumlar joriy etayotir: hamyonbop Galaxy M, undan ham arzon Galaxy R va buklanuvchi Galaxy F. Ehtimol, shulardan Galaxy R deb nomlanayotgani yangi – Rize seriyasiga aylantirilar. Hozirda mavjud Galaxy J, Galaxy C hamda Galaxy On turkumlari esa tugatiladi.

Hozirgacha bozorga chiqqan Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.