Samsung eng arzon va ommabop smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

  •   DiMaX
  •  1913
  •  30.05.2019 10:07

Samsung eng arzon va ommabop smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy M30 smartfoni 3 iyunda to‘qqizinchi avlod – Android Pie operatsion tizimigacha yangilanishi aytilgan edi. Ammo Samsung apdeytni tezlashtirib, ushbu modeldagi qurilmalarga 27 may kuniyoq yangi proshivka yubordi.

O‘QING: Samsung eng kuchli quvvatlagichini ishlab chiqarmoqda!

Shuningdek, hamyonbop turkumning eng arzon vakillari Galaxy M20 va M10 ham 3 iyunda yangilanishi va’da qilingan edi. Ishlab chiqaruvchi bu ommabop modellarga ham belgilangan muddatidan avval yangi proshivka tarqata boshladi.

Aytish kerakki, ushbu uchala rusumdagi telefon uchun ham apdeytlar hozircha faqat Hindistondagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Biroq Samsung yaqin orada boshqa hududlardagi Galaxy M30, M20 va M10 smartfonlariga ham Android Pie asosidagi yangi proshivka yuboradi.

Yangi proshivka hajmi 926 MB bo‘lib, may oyidagi xavfsizlik patchlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u smartfonlarga eng yangi One UI grafik interfeysini ham taqdim etadi.

Ko‘rinib turibdiki, Samsung bu yili nafaqat smartfonlar assortimenti va narx siyosati borasida, balki dasturiy ta’minot yangilanishi bo‘yicha ham eng ilg‘or kompaniyalardan bo‘lmoqda.

O‘QING: Eng xaridorgir smartfonlardan bo‘lgan Galaxy A50 ham arzonlasha boshladi!

Ushbu kompaniyaning ayrim telefonlarini atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, Samsung yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotgan bo‘lishingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi! Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung bo‘lajak xit – Galaxy M40’ning taqdimot kuni va yana bir flagmancha xususiyatini rasman e’lon qildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.