Samsung Galaxy M20'ga Yevropada ham yangilanish keldi

Samsung Galaxy M20'ga Yevropada ham yangilanish keldi

Samsung Galaxy M20 va M30 kutilmaganda Galaxy Note10'dan ham oldin dekabr o‘rtalarida Android 10 qabul qilgan edi. Ammo yangilanish model vatani bo‘lgan Hindistonda boshlangan edi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Galaxy M20 smartfonlariga yangilanish kelishi Yevropada ham boshlangan. Xususan, Germaniya, Gretsiya va Lyuksemburgda. Ehtimol, yaqin kunlarda boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘ladi.

Manbalarning aytishicha, Galaxy M20, garchi Android 10 va One UI 2.0 firma qobig‘ini oladigan bo‘lsada, hali ham o‘z funksiyalar to‘plami bilan to‘liq maqtana olmaydi. Masalan, Galaxy M20'da ekran tasvirini yozib olish funksiyasi hali mavjud emas.

O‘QING: Arzon Galaxy M20 endi qimmat narxda sotuvga chiqdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!