Samsung Galaxy Note 9 akkumulyatori yanada kuchli bo‘ladi

  •   Saroy
  •  1309
  •  14.06.2018 10:49

Samsung Galaxy Note 9 akkumulyatori yanada kuchli bo‘ladi

Samsung o‘zining flagmanlaridan bo‘lmish – Galaxy Note 9 fableti taqdimotiga tayyorlanmoqda. Bu haqda tarmoqlarda bir necha bor xabar qilingandi. Endi esa, xitoylik mashhur insayder qurilmaning suratini nashr qildi. 

Rasmda bo‘lajak smartfonning ikkita chizmasi tasvirlangan. Birinchisida kamera va barmoq izlari skaneri gorizantal ko‘rinishda joylashtirilgan, ikkinchi rasmda esa, Xuddi Galaxy S9+’dagiga o‘xshab vertikal ko‘rinishda. Akkumulyatorni kattaroq qilish uchun Samsung kompaniyasi aynan birinchi variantni tanlashni ma’qul ko‘rgan. Gap-so‘zlarga qaraganda, bu sig‘imi 4000 mAch batareya bo‘lishi mumkin. Agar solishtiradigan bo‘lsak, Galaxy Note 8’da  3300 mAch sig‘imga ega batareya o‘rnatilgandi.

O‘QING: Samsung Galaxy Tab S4 tarixdagi birorta planshetda yo‘q inqilobiy xususiyatga ega bo‘ladi

Bundan tashqari, yangi qurilma kengformatli 6.3-dyuymli  AMOLED-displeyi bilan ta’minlanadi. U QHD+ formatida bo‘ladi. Exynos 9810 yoki Snapdragon 845 (qaysi bozorga chiqarilishiga qarab) protsessorlari gadjetning ishlashini ta’minlashi kerak. Shuningdek, Note 9  6/8 GBli tezkor xotiraga hamda 12-megapikselli qo‘sh kameraga ega bo‘ladi. Kamera  Galaxy S9+’dagiga o‘xshab o‘zgaruvchan diafrogmali bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi flagmanni avgustda qo‘lga olishingiz mumkin, deyiladi xitoylik insayder tarqatgan xabarda.

O‘QING: O‘zi 100 dollar, lekin 1000 dollarlik flagmanlarni ortda qoldirmoqchi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!