Samsung Galaxy Watch 3: to‘qqizta versiyasi, narxi va taqdimot kuni

  •   DiMaX
  •  1325
  •  03.07.2020 11:01

Samsung Galaxy Watch 3: to‘qqizta versiyasi, narxi va taqdimot kuni

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy Watch 3 smart-soatini shu oydayoq, butkul simsiz Galaxy Buds Live quloqchini bilan birga namoyish etadi. Hindiston standartlash byurosi (BIS) yaqindagina uni va arzon Galaxy M01s smartfonini sertifikatlagan edi.

O‘QING: Galaxy Watch 3 xususiyatlari va ilk «jonli» suratlari tarqaldi

Mashhur insayder Evan Blass (Evan Blass) ushbu aqlli soatga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu gal u smartvotchlarning turli versiyalari hamda ularning narxlarini aytdi.

Unga ko‘ra, Samsung Galaxy Watch 3 xaridorlarga ikki xil (41 va 45 millimetrlik) o‘lchamdagi jami 9 xil versiyada taklif etiladi. Ularning narxi esa 400 dollardan 600 dollargacha qilib belgilanadi.

Gadjetning faqat 45 millimetrlik, zanglamas po‘latdan va titandan ishlangan korpusli versiyalarigina qora rangda chiqadi. Kumush rang korpusli Galaxy Watch 3 har ikkala o‘lchamda bo‘lsa, tillarang yoki bronza rangli versiyasi faqat 41 millimetrlik bo‘ladi.

Samsung uchinchi avlod aqlli soatini 22 iyul kuni rasman taqdim etadi.

O‘QING: Suvdan himoyali smart-soatni atigi 16 dollardan sotishyapti, lekin u avval yanada arzon edi!