Samsung hali taqdim etmagan Galaxy A6S (Phoenix) smartfonini yoqiq holda «jonli» tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1730
  •  13.10.2018 10:40

Samsung hali taqdim etmagan Galaxy A6S (Phoenix) smartfonini yoqiq holda «jonli» tomosha qilamiz!

Janubiy koreyaliklarning Galaxy A6s smartfoni haqida yetarlicha ma’lumotga egamiz. TENAA tashkiloti saytida uning «jonli» suratlari chiqqani haqida xabar bergandik. Keyinroq esa ushbu manba uning ayrim texnik xususiyatlarini ham oshkor qilgan.

O‘QING: Endi Galaxy A6s: Samsung Galaxy P30 smartfonining nomini o‘zgartirdi

Endi esa internetda Galaxy A6s modelining har xil ranglardagi namunalari aks ettirilgan «jonli» suratlar internetga chiqdi.

Aftidan, Galaxy A6s’ning bu suratlari Xitoyda olingan – uning yoqiq ekranidagi yozuv shundan dalolat bermoqda. Uning kodli nomi Phoenix (Feniks) ekanligi ham ma’lum.

Samsung ushbu modelini kamida to‘rt xil tusdagi korpusda taqdim etadi. Ulardan biri klassik qora, uchtasi esa gradiyent – ko‘k, qizil va binafsharang tuslarda.

Galaxy A6s modelining 11 oktyabrda taqdim etilishi kutilayotgan edi, ammo bunday bo‘lmadi. Ehtimol, janubiy koreyaliklar uni keyingi haftada namoyish qilishar.

Samsung’ning shu paytgacha bozorga chiqarilgan turli modellardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda olish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: 650 000 so‘mdan boshlangan Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi! (2018 yil 8 oktyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!