Samsung ham «g‘isht» smartfon tayyorlayapti, tag‘in buklama ekranli!

  •   DiMaX
  •  1014
  •  11.05.2019 15:22

Samsung ham «g‘isht» smartfon tayyorlayapti, tag‘in buklama ekranli!

Janubiy koreyaliklarning Galaxy Fold buklama smartfoni anchagina shov-shuvlar bilan taqdim etilgan edi. Ammo u kompaniya uchun shuncha mashmashalar ham olib keldi.

O‘QING: «Inqilob» amalga oshmadi: Samsung barcha Galaxy Fold’larini qaytarib olyapti!

Ammo Samsung qo‘lini yuvib qo‘ltiqqa urgani yo‘q – shu kunlarda Galaxy Fold smartfonlari savdosi qaytadan boshlanayotgani haqida xabarlar chiqmoqda. Kompaniya undan tashqari yana bir antiqa qurilma uchun ham patent olgani ma’lum bo‘ldi.

Samsung kompaniyasi 7 may kuni Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization – WIPO)ga patent arizasi topshirgani ma’lum bo‘lgan. Unda anchagina g‘ayrioddiy buklama qurilma tasvirlangan.

Yoyilgan holatida u tomonlari o‘zaro 16:9 nisbatli ulkan planshetni eslatadi. Mazkur qurilma displeyi tashqarida qolgan holda bukilib, parallelepiped shakliga keladi!

Mazkur devays bukilgan (aniqrog‘i – o‘ralgan) holida uning to‘rtta tomonidagi ekranlarida turli ma’lumotlar aks etib turishi mumkin. Ammo bunchalik beso‘naqay gadjetni hech kim cho‘ntagida ko‘tarib yurmasa kerak, aftidan, Samsung uni stolga qo‘yib qo‘yishga mo‘ljallagan.

Samsung ushbu patentini amalda qo‘llab, «g‘isht» devaysni chiqarish-chiqarmasligi noma’lum, lekin kuzatuvchilar fikricha, kompaniya uni yaratishda rekord akkumulyatorli Energizer Power Max P18K Pop smartfonidan ilhomlangan.

O‘QING: Dunyodagi eng chidamli smartfon hech kimga keraksiz bo‘lib chiqdi!