Samsung hamyonbop Galaxy J smartfonlaridan butunlay voz kechmoqchi!

  •   DiMaX
  •  3325
  •  18.09.2018 13:00

Samsung hamyonbop Galaxy J smartfonlaridan butunlay voz kechmoqchi!

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy J turkumida smartfon ishlab chiqarishni butkul to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda anonim manbaga tayangan holda Koreyaning ETNews resursi xabar bergan.

O‘QING: Hamyonbop, ammo yuz skanerli Galaxy J4+ smartfoni ham tayyor!

Xabarga ko‘ra, Samsung buning o‘rniga Galaxy A seriyasidagi smartfon modellar qatorini kengaytirmoqchi. Shuningdek, Galaxy On smartfonlar turkumi o‘rniga yangi – Galaxy M seriyasida ham smartfonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Agarda koreyalik gigant Galaxy J turkumidan voz kechsa, uning arsenalida Galaxy M seriyasidagi modellar uchun joy kengayadi. Ushbu yangi turkum esa hamyonbop bo‘lib, Xitoy, Hindiston, Janubiy Amerika mamlakatlari kabi hududlar bozori uchun maxsus taqdim etiladi. Yangilangan Galaxy A seriyasi smartfonlari esa Huawei va Xiaomi kompaniyalarining o‘rta narx toifasidagi modellariga raqobatchi bo‘lishi kerak.

O‘QING: To‘rtta ob’yektivli bosh kameraga ega Galaxy A9 Star Pro smartfoni ilk suratlarda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!