Samsung hamyonbop Galaxy Tab A 8.0 (2019) planshetini taqdim qildi: S Pen stilusiga ham ega!

  •   DiMaX
  •  843
  •  29.03.2019 16:06

Samsung hamyonbop Galaxy Tab A 8.0 (2019) planshetini taqdim qildi: S Pen stilusiga ham ega!

Janubiy koreyalik korporatsiya keyingi paytlarda turli rusumlardagi smartfonlarini ketma-ket taqdim etib charchamayapti. Shu bilan birga, u boshqa turlardagi gadjetlarni ham unutib qo‘yayotgani yo‘q.

O‘QING: Galaxy Buds simsiz quloqchini taqdim qilindi – u Galaxy S10 flagmanidan simsiz quvvatlana oladi!

Jumladan, kechagina u S Pen stilusini ham qo‘llab-quvvatlovchi Galaxy Tab A 8.0 (2019) rusumli yangi planshetini namoyish etdi. Samsung uni diagonaliga 8 dyuymlik, 1920x1200 piksellik LCD-ekran bilan jihozlagan.

Devaysning samaradorligi uchun esa sakkiz yadroli Exynos 7904 protsessor mas’ul. Aytib o‘tish o‘rinliki, kompaniya hamyonbop Galaxy M20 smartfonida ham mana shu chipsetini qo‘llagan.

Galaxy Tab A 8.0 (2019) plansheti 3 GBlik tezkor va 32 GBlik doimiy xotiraga ega. Unga yana 512 MBgacha hajmli microSD xotira kartasi qo‘ysa bo‘ladi. Devaysning akkumulyatori 4200 mA/soatlik bo‘lib, u zamonaviy USB-C portiga ega. Planshetning bosh kamerasi 8, old kamerasi esa 5 megapiksellik aniqlikda.

Kompaniya 4G LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan ushbu mahsulotining korpusiga S Pen stilusini ham joylagan. Galaxy Tab A 8.0 (2019) qadoqdanoq Android 9 Pie operatsion tizimi bilan ta’minlangan, u One UI grafik qobig‘i ostida ishlaydi.

Galaxy Tab A 8.0 (2019) narxi hozircha ma’lum qilinmagan, lekin barmoq izi skaneri ham, Face Unlock funksiyasi ham yo‘qligiga qaraganda, arzon narxda sotuvga chiqsa kerak. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa ayrim rusumlardagi planshetlarni 1 159 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Apple kutilmaganda yangi iPad mini va iPad Air planshetlarini taqdim etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!