Samsung kutilmaganda o‘ta g‘alati – 8/128 GB xotirali hamyonbop smartfon taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  5138
  •  18.12.2019 09:42

Samsung kutilmaganda o‘ta g‘alati – 8/128 GB xotirali hamyonbop smartfon taqdim etdi!

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy A01 rusumli smartfon tayyorlagani haqida xabarlar bergandik. Samsung ortiqcha shov-shuvlarsiz shu modelni o‘z sayti orqali namoyish etdi, lekin u juda antiqa chiqib qoldi!

O‘QING: Samsung ikkita arzon smartfoni va ikkita flagmaniga One UI 2.0 qobiqli Android 10 tarqatyapti

Galaxy A01 shunisi bilan g‘alatiki, uning nomi texnik parametrlariga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, nomiga ko‘ra, u o‘rta narxli turkumning eng kichkina va eng arzon vakili bo‘lishi aytilayotgandi. Garchi Samsung hozircha uning narxini ma’lum qilmagan bo‘lsa-da, xususiyatlariga qarab turib, uning Galaxy A turkumidagi boshqa gadjetlaridan arzon bo‘lmasligini anglaymiz.

Smartfon diagonaliga 5,7 dyuymlik, HD+ formatida tasvir uzata oluvchi Infinity-V ekran bilan jihozlangan. Galaxy A01 «elektron yuragi» esa 1,95 GGs maksimal takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli noma’lum protsessor ekan. Mazkur chipset parametrlari Samsung’ning aksariyat hamyonbop smartfonlariga o‘rnatilayotgan Exynos 7904 protsessoriga to‘g‘ri kelmayapti.

O‘QING: Galaxy S11+ flagmanining birinchi rasmiy surati e’lon qilindi!

Bunisiyam mayli, lekin Galaxy A01 hammasidan ham tezkor xotira hajmi bilan hayratga soladi – 6 va 8 gigabaytlik variantlarda! Hattoki eng yangi Galaxy A51 ham boshlang‘ich versiyada atigi 4 GBlik «operativka»ga ega. Shuningdek, Galaxy A01 chki xotirasi ham katta – 128 gigabayt.

Galaxy A01’ning boshqa jihatlari hamyonbop modellarga xos – 3000 mA/soatlik akkumulyator; 13 + 2 MPlik bosh kamera va 5 MPlik selfi-kamera. Smartfon 146,3x70,86x8,34 millimetrlik, qora, qizil va ko‘k ranglarda taklif etiluvchi korpusga ega. Unda ikkita SIM-karta uyachasi va 512 GBgacha hajmli MicroSD xotira kartasi uchun joy mavjud, barmoq izi skaneri yo‘q.

Ehtimol, saytga ma’lumot joylayotganda Samsung xodimlari xotira hajmi ko‘rsatkichlarida adashib ketishgandir. Chunki Galaxy A01’ning shundan boshqa barcha jihatlari hamyonbop modellarga mos. Lekin, agar shunday xatolik bo‘lib, xotirasi haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilgan taqdirda, bir kundan beri ham ular yangilanmayotgani baribir g‘alati. Mayli, buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi, yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Xiaomi yana bitta bozorda yetakchilikni Samsung’dan tortib olyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.