Samsung’ning taqdim etilmagan bu smartfoni Geekbench’da eng yuqori ball to‘pladi!

  •   DiMaX
  •  1354
  •  20.12.2017 16:10

Samsung’ning taqdim etilmagan bu smartfoni Geekbench’da eng yuqori ball to‘pladi!

Janubiy koreyalik gigant o‘zining Galaxy S9 va S9 Plus smartfonlarini Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasida rasman namoyish etishi hozircha aniq emas. Biroq ular haqidagi ayrim ma’lumotlar aniq bo‘lib ulgurgan. Jumladan, Galaxy S9 modeli bitta, S9 Plus esa ikkita ob’yektivli asosiy kameraga ega bo‘ladi. Bu ularning orasidagi eng katta farq bo‘lishi aytilayotir.

O‘QING: Samsung Galaxy S9 benchmarkda 7787 ball to‘pladi

Bugun internetda Galaxy S9 Plus smartfonining Geekbench benchmarkida o‘tkazilgan test natijalari tarqaldi. Uning xususiyatlari chindan ham ahamiyatga loyiq va ko‘rsatkichlari «avlod»larinikidan sezilarli darajada yuqori.

Skrinshotda ko‘rinib turibdiki, model raqami Samsung SM-G955U1 bo‘lgan qurilma yakka yadroli rejimda 2422 ball, ko‘p yadroli testda esa 8351 ball to‘plagan. Shu paytgacha Samsung smartfonlaridan birortasi bu qadar yuksak natijani ko‘rsatgan emas.

Geekbench’da o‘tkazilgan mazkur test shuni ko‘rsatadiki, Galaxy S9+ modeli Android 8.0 Oreo operatsion tizim talqinida, 6 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlaydi.

O‘QING: Eksklyuziv: Galaxy S9 taqdimot kuni ma’lum, yangi videosini tomosha qiling!