Samsung o‘ta mustahkam smartfon yaratdi (+video va suratlar)

  •   DiMaX
  •  1982
  •  05.03.2018 13:22

Samsung o‘ta mustahkam smartfon yaratdi (+video va suratlar)

Yaqindagina Galaxy S9 va Galaxy S9+ flagmanlarini taqdim etgan janubiy koreyalik texnogigant yana bir baquvvat smartfon tayyorlagan. Bu – MWC 2018 tadbirida namoyish qilingan, kodli nomi Samsung SM-G888 bo‘lgan smartfondir.

O‘QING: Galaxy S9'ga buyurtma olinmoqda, biroq bozorda jiddiy raqib muammo tug‘dirmoqda

Ushbu qurilmaning suratlarini Roland Quandt nikli insayder o‘zining Twitter-akkauntida e’lon qildi. Rasmlarga qaraganda, bu – korpusi mustahkam himoyaga ega smartfon, shu boisdan dastlab uni Galaxy S9 Active yoki Xcover 5 modeli, deya taxmin qilishdi.

Lekin keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu – avariya va favqulodda vaziyatlar xizmatlari xodimlari uchun ishlab chiqilgan, korpusi o‘ta mustahkam himoyaga ega bo‘lgan maxsus smartfon ekan.

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, Samsung’ning ushbu gadjeti 5,5 dyuymli displeyga, 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga, shuningdek, 4500 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

O‘QING: Eksklyuziv: Samsung’ning «o‘ta himoyalangan» yangi smartfonini to‘liq videoda tomosha qiling!

O‘ta mustahkam himoyalangan yangi telefonning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – favqulodda vaziyatlarda qo‘ng‘iroq qilish uchun maxsus tugmachasi borligidir. Shuningdek, smartfonni ratsiyaga almashtiruvchi Push to Talk funksiyasi ham bor.

Mana, yangi devaysni videoda tomosha qilamiz:

Ushbu smartfonning iste’molchilar bozoriga taqdim etilish-etilmasligi xususida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar