Samsung rasman Galaxy Note 9 taqdimotiga taklif etmoqda (+video)

  •   DiMaX
  •  821
  •  28.06.2018 06:59

Samsung rasman Galaxy Note 9 taqdimotiga taklif etmoqda (+video)

Ayni kunlarda smartfonlar bozorida eng kutilayotgan gadjet – janubiy koreyalik gigantning Galaxy Note 9 fableti bo‘ladi. Nihoyat, Samsung kompaniyasi uning taqdimoti bo‘lib o‘tadigan joy va sanani rasman ma’lum qildi.

O‘QING: Biz sotib ololmaydigan 512 GB’li Samsung Galaxy Note 9

Samsung kompaniyasi shu yilning 9 avgustida, Nyu-York shahrining Bruklin qismidagi Barclays Center arenasida o‘tkazadigan tadbiriga taklifnoma tarqatdi. An’anaga ko‘ra, ushbu marosim korporatsiyaning samsung.com rasmiy saytida hamda YouTube-kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Ushbu tadbirda Galaxy Note 9 smartfoni taqdim etiladi. Mazkur fablet dizayni o‘tgan yilgi modelga o‘xshash bo‘lishi, ammo ayrim xususiyatlari yaxshilanishi kutilmoqda. Shuningdek, yangi smartfonda barmoq izi skaneri ekranga integratsiya qilinishi yoki gorizontal joylashgan kamera blogining pastidan o‘rin olishi mumkin.

O‘QING: Galaxy Note 9: «jonli» surat yangi tugmachani va yana ayrim jihatlarni fosh etdi

Mana, taqdimotga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhani tomosha qilamiz:

Reklama tasvirida allaqanday tugmacha ko‘rsatilgan, kuzatuvchilar uning stilusni korpusdan chiqarishga xizmat qilishini taxmin qilishmoqda. Ehtimol, uning vazifasi umuman boshqadir – insayderlar buni ham tez orada ma’lum qilishi mumkin. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 9 stilusi yangilanmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!