Samsung umuman kemtik va tirqishlarsiz, romsiz ekranli ideal smartfon tayyorlayapti!
Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining mobil qurilmalar yo‘nalishidagi ishlanmalarini davom etmoqda. Jumladan, u smartfonlar ekranlarini yangi texnologiyalar bilan boyitishga jiddiy bel bog‘lagan.
Kompaniya vitse-prezidentlaridan birining aytishicha, Samsung hozir ekranida birorta ham teshik yoki o‘yiq qo‘llanmaydigan, ideal darajadagi smartfon chiqarish imkonini beruvchi texnologiya ustida ishlamoqda.
Avvalroq ushbu kompaniya o‘z smartfonlarining kelajagini kemtikli ekranlarda, korpusdan chiquvchi old kameralarda ko‘rmayotganini bayon etgandi. Demak, ideal darajadagi romsiz displeyga ega telefon chiqarish uchun Samsung selfi-kamerani va boshqa kerakli datchiklarni ekranning o‘ziga tatbiq etishiga to‘g‘ri keladi. Aftidan, kompaniya aynan shu yo‘nalishda izlanmoqda, faqat mazkur datchiklar ekranning tagida qolib ketadi va ko‘rinmay turadi.
Janubiy koreyaliklar birinchi shunaqa ideal smartfonni qachon taqdim etishlari hozircha noma’lum. Allaqachon global bozorga chiqqan aksariyat Samsung telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.