Samsung W2019 buklama flagmanini ilk «jonli» video va suratlarda har tomonlama ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1825
  •  22.10.2018 08:06

Samsung W2019 buklama flagmanini ilk «jonli» video va suratlarda har tomonlama ko‘ramiz!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘tgan yili ikkita ekranli taxlama smartfon – Samsung W2018 rusumli «raskladushka»ni taqdim etgandi. Bu yil uning yanada zo‘r ikkinchi avlodi – W2019 modeli tayyorlangani haqida xabar berganmiz.

O‘QING: Ikkita iPhone X narxidagi Samsung W2018: qo‘sh ekranli premium «raskladushka» rasman taqdim etildi (+video)

Samsung W2019 «raskladushka»si yaqinda Lykan kodli nomi ostida TENAA’da sertifikatsiyadan o‘tgan edi. Endi esa insayderlar uning ilk «jonli» rasmlarini ham internetga chiqarishdi:

Ko‘rib turganingizdek, janubiy koreyaliklar premium smartfonini bu gal qo‘shaloq asosiy kamera bilan jihozlashgan. Ko‘p jihatdan u «raskladushka» tipidagi «qadimgi» telefonlarni eslatadi.

O‘QING: Endi «egiluvchan» smartfon bo‘lib: afsonaviy buklama Motorola RAZR qaytmoqda

Shuningdek, Samsung W2019 qurilmasining qo‘lda ushlagan holda olingan «jonli» videosi ham tarqaldi. Mana, birga tomosha qilamiz:

 

Samsung W2019 ikkita 4,2 dyuymlik sensor ekran, Qualcomm Snapdragon 845 protsessori, 8 gigabaytgacha tezkor xotira, 3000 mA/soatlik akkumulyator va Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini bilan ta’minlanishi aytilmoqda. U faqat Xitoyda, 2000–2500 dollarlik narxda sotuvga chiqishi mumkin.

Global savdoga chiqqan turli modellardagi Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda olish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: 650 000 so‘mdan boshlangan Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi! (2018 yil 8 oktyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!