Samsung yana ikkita buklama smartfon tayyorlayapti, ulardan biri Huawei Mate X’ga o‘xshaydi

  •   DiMaX
  •  572
  •  06.03.2019 10:48

Samsung yana ikkita buklama smartfon tayyorlayapti, ulardan biri Huawei Mate X’ga o‘xshaydi

Esingizda bo‘lsa, sensor ekranli smartfonlar davridan avval aynan Samsung kompaniyasi ko‘plab modellarda «raskladushka» telefonlar taqdim etardi. Janubiy koreyaliklar endi qayishqoq ekranli buklama smartfonlar borasida ham shunaqa unumdorlik namoyon etishmoqchi, shekilli.

O‘QING: Nihoyat, Samsung ikki ekran va olti kamerali Galaxy Fold buklama smartfonini taqdim qildi! (+video)

Insayderlarning bergan xabarlariga ko‘ra, Samsung yana ikkita buklama smartfon modeli ustida ishlamoqda. Ularning biri shu yil oxirlarida yoki keyingi yil boshlarida taqdim etiladi. Uning displeyi tikkasiga buklanadi, ya’ni klassik «raskladushka» form-faktorida bo‘ladi. Aynan shunaqa smartfonni – Moto RAZR modelini Lenovo ham tayyorlayotganini hisobga olsak, uning uchun displeyni ham Samsung yetkazib berayotgan bo‘lishi mumkin.

Samsung’ning yana bir bukiluvchi smartfoni esa xuddi Galaxy Fold’ning asosiy raqibi – Huawei Mate X kabi mexanizmga ega bo‘ladi. Koreyaliklar uni «raskladushka»dan keyin, ya’ni 2020 yili chiqarishadi.

O‘QING: «Jonli» video: bitta Mate X narxiga uchta buklama 5G-smartfon – Energizer Power Max P8100S olish mumkin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.