Samsung yo‘l berdi: Exynos 980 protsessorli ilk 5G-smartfonni xitoyliklar chiqarishyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  792
  •  29.10.2019 09:57

Samsung yo‘l berdi: Exynos 980 protsessorli ilk 5G-smartfonni xitoyliklar chiqarishyapti! (+video)

Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda o‘zining integrallashtirilgan 5G-modemga ega Exynos 980 chipsetini namoyish qilgandi. Samsung mazkur protsessor bazasida o‘rta narxli 5G-smartfonlarini chiqarishi kutilmoqda.

O‘QING: 108 MP kamerali Galaxy A91 flagmani ertaroq chiqadi, bu turkumda yana to‘qqizta smartfon bor!

Lekin Exynos 980 protsessorini o‘zining smartfonlarida birinchi bo‘lib Vivo kompaniyasi qo‘llamoqda. Manbalarga ko‘ra, Vivo X30 rusumli ushbu qurilma dekabrdayoq rasman namoyish etiladi.

Xitoylik kompaniyaning maxfiy tadbiridan olingan «jonli» suratlar Vivo X30 xususiyatlari haqida ham ma’lumot beradi. Ularga ko‘ra, gadjetning bosh kamerasi uch modulli, old kamerasi esa korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi.

Vivo X30 modelining «elektron yuragi» tarzida tanlangan Exynos 980 protsessori esa Samsung’ning 5G-modemli ilk ishlanmasidir. Quyida unga bag‘ishlangan rasmiy videoni tomosha qilamiz:

Vivo X30 modeli faqat Exynos 980 chipseti bazasida ishlab chiqariladi, demak, uning faqat 4G standartigacha bo‘lgan tarmoqlarda ishlovchi – arzon versiyasi bo‘lmaydi.

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Xiaomi!» – Snapdragon 855 protsessorli eng arzon smartfon sotuvga chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.