Selfi sababli Toshkentda 14 yashar qiz 3-qavatdan tushib ketdi

  •   DiMaX
  •  957
  •  12.02.2019 08:41

Selfi sababli Toshkentda 14 yashar qiz 3-qavatdan tushib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari, ayniqsa selfi ishqibozlari xatarli holatlardan jabr ko‘rayotgani yoki halok bo‘layotgani tez-tez quloqqa chalinib turadi. Sizlarga sevimli Terabayt.uz sayti hatto halokatli selfilar reytingini ham e’lon qilgan.

O‘QING: Selfi fojealari: olti yilda 260 ta qurbon

Afsuski, bu kabi xabarlarni o‘qiganimizda, go‘yoki bunaqa holatlar faqat chet elda yuz beradigandek, bizga daxli yo‘qdek qabul qilamiz. Aslida esa atrofimizda ham selfi sababli jarohat olayotganlar, hatto halok bo‘lganlar yo‘q emas.

2019 yil 9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 14 yoshli qiz 3-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib Kun.uz nashri xabar bergan.

Qayd etilishicha, o‘rta maktab o‘quvchisi – 14 yoshli F.T. 3-qavatda joylashgan uyining deraza oynasi oldida mobil telefoni orqali o‘zini rasmga tushirayotgan, ya’ni selfi olayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sababli pastga tushib ketgan.

Natijada F.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Biz esa muxlislarimizdan selfi tushirishda, umuman gadjetlardan foydalanishda ehtiyot bo‘lishlarini, xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yishlarini so‘rab qolamiz.

O‘QING: Yaxshi selfi qanday olinadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!