Shifokorlar koronavirusning smartfon va pulda necha kun saqlanib turishigacha aniq aytishdi

  •   DiMaX
  •  404
  •  17.10.2020 18:03

Shifokorlar koronavirusning smartfon va pulda necha kun saqlanib turishigacha aniq aytishdi

Dunyo ahlini jiddiy tashvishga qo‘ygan koronavirus pandemiyasi turli buyumlar va pul kupyuralari orqali ham yuqadi. Kuni kecha rossiyalik infeksionist ofisda yoki uyda virus yuqtirib olish xavfi eng yuqori bo‘lgan buyumni ma’lum qilgan edi va bu – smartfon emas...

O‘QING: Koronavirus vahimasi: AliExpress’dan keladigan tovarlar qanchalik xavfli?

Avstraliyalik olimlarning aniqlashlaricha, koronavirus smartfon korpusida va pul yuzasida uzoq vaqt o‘z yashovchanligini yo‘qotmay tura olar ekan. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ushbu buyumlarda u 28 kungacha jon saqlashi mumkin.

Mazkur muddat nisbiy bo‘lib, bir qator tashqi omillarga bog‘liq. Lekin asosiysi – 17 kunda o‘lib ketadigan oddiy grippga nisbatan koronavirusning ancha joni qattiq.

Ayniqsa, silliq va metall yuzalarda koronavirus saqlanib qolishi xavfi yuqori, deyishmoqda olimlar. Bu – smartfonlar, qog‘oz va metall (tanga) pullar, shuningdek, jamoat transportidagi tutqichlar bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur virus matoda va g‘ovak yuzalarda tezroq o‘lar ekan. Bunday joylarda uning maksimal yashash muddati 14 kunga teng, shunda ham ideal shart-sharoitlar bo‘lsa. Koronavirus uchun eng ideal sharoit esa 20 darajalik harorat va butkul qorong‘ilikdir: ultrabinafsha nurlarida u tez o‘lib ketadi.

O‘QING: Koronavirusdan himoyalanish uchun smartfonni nima bilan va qanday tozalash kerak?