Shoshilganlar uchun: Sakkizta modeldagi Xiaomi smartfonlariga allaqachon Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2704
  •  13.09.2019 13:53

Shoshilganlar uchun: Sakkizta modeldagi Xiaomi smartfonlariga allaqachon Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Android 10 operatsion tizim talqini taqdim etilgach, rasman ungacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxatini e’lon qilganmiz. Biroq ushbu dasturiy ta’minot asosida ayrim smartfonlar uchun allaqachon norasmiy proshivkalar tayyorlashmoqda.

O‘QING: LineageOS yordamida eski rusumlardagi smartfonlarga ham Android 9 Pie o‘rnatamiz! (+yuklab olish uchun havolalar)

Jumladan, O‘zbekistonda eng ommalashgan brendlardan biri – Xiaomi smartfonlaridan ayrimlari uchun ham Android 10 bazasida proshivkalar tayyorlangan. Biroq ular norasmiy bo‘lgani uchun, ularning ishlashida xatoliklar uchrab turadi. Tag‘in, mazkur proshivkalar «qo‘lda» o‘rnatiladi va bu ishni faqat tajribali ustalarga ishongan ma’qul.

Xullasi kalom, quyidagi smartfonlar uchun Android 10 asosida ishlab chiqilgan LineageOS proshivkalari chiqqan bo‘lib, quyidagi ro‘yxatda smartfon nomiga o‘rnatilgan havola orqali uning proshivkasini yuklab olish sahifasiga o‘tsa bo‘ladi:

  1. Xiaomi Mi 6
  2. Xiaomi Mi 8
  3. Pocophone F1
  4. Xiaomi Redmi Note 5
  5. Xiaomi Redmi 5 Plus
  6. Xiaomi Mi A2
  7. Xiaomi Mi Mix 2
  8. Xiaomi Mi Mix 2S

Aytish kerakki, Android 10 bazasidagi rasmiy proshivkalar hozircha faqat Google Pixel, Essential Phone, Xiaomi Redmi K20 Pro (sotib olish), OnePlus 7 hamda OnePlus 7 Pro smartfonlari uchungina taqdim etilgan.

O‘QING: Tadqiqot: Qaysi smartfonlar eng uzoq vaqtgacha operatsion tizimi yangilanib turadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!