Shu yiliyoq chiqadigan 13 xil yangi Xiaomi smartfoni, ayrimlarining xususiyatlari ham fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  898
  •  26.06.2021 11:45

Shu yiliyoq chiqadigan 13 xil yangi Xiaomi smartfoni, ayrimlarining xususiyatlari ham fosh bo‘ldi

«Xitoycha Apple» bu yilning birinchi yarmida juda ko‘p modellarda aqlli telefonlar taqdim etdi va samarali sotib kelmoqda. Ammo Xiaomi bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas...

O‘QING: Kamida 6 xil Xiaomi va Redmi smartfonlarida ishkal: kompaniya aybini tan oldi

MIUI grafik qobig‘ining kodlarini sinchiklab o‘rgangan Xiaomiui nikli insayder unda kompaniya tayyorlayotgan yana o‘n uchta rusumdagi smartfonning kodli nomlarini topdi.

Ko‘rib turganingizdek, ulardan ayrimlarining ba’zi xususiyatlari ham oshkor etilgan. Shu tariqa, bu yilning ikkinchi yarmida taqdim etilishi kutilayotgan Xiaomi smartfonlarining kodli nomlari quyidagicha ekan:

  1. evergo
  2. evergreen
  3. zeus
  4. cupid
  5. psyche
  6. pissaro
  7. pissaropro
  8. cygnus (ekrani 90 gerslik, bosh kamera – 108 MPlik Samsung HMX, keng burchakli kamera, 5 karra zumli teleob’yektiv, ekranosti kamera bo‘lishi mumkin)
  9. bestla (64 MPlik Samsung GW3 kamerasi)
  10. hyacinth
  11. divine (ekrani 90 gerslik, bosh kamera – 64 MPlik Samsung GW3, keng burchakli kamera, 5 karra zumli teleob’yektiv, ekranosti kamera bo‘lishi mumkin)
  12. lepus (ekrani 90 gerslik, bosh kamera – 50 MPlik Samsung GN3, keng burchakli kamera, 5 karra zumli teleob’yektiv, ekranosti kamera bo‘lishi mumkin)
  13. Mercury (ekrani 120 gerslik, bosh kamera 12 MPlik va Pixel Binning texnologiyali, keng burchakli kamera, 5 karra zumli teleob’yektiv)

Mazkur qurilmalar shu yilning so‘ngigacha Mi, Redmi hamda Poco brendlari ostida namoyish etiladi. Ammo ularning bozorga aynan qanday modellar sifatida taqdim etilishi hozircha noma’lum.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!