Sizning orqangizdan ham kelishadi: kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi

  •   Saroy
  •  1698
  •  02.08.2018 10:42

Sizning orqangizdan ham kelishadi: kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi

Ehtimol, eshitgan bo‘lsangiz kerak, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti  (JST)  kompyuter o‘yiniga tobe’likni kasallik, deb hisoblamoqda. Bu gapni eshitib,  hazil iboralar hayolingizga kelsa kerakda: «Bizning PUBG/«Tank» o‘yini  ishqibozi bemorimiz qayerda?». Hazil emas, bunday bemorlarni hozirdanoq majburan davolashmoqda. Bir kun kelib oq halatlilar  sizni kompyuter o‘yinlari sababli klinikaga olib ketgani kelsa, buning hech hayron qoladigan joyi yo‘q. Ayrim mamlakatlarda shunday qilishayapti ham.

JST kompyuter o‘yiniga berilishni rasman kasallik deb tan oldi.  Xo‘sh nima uchun bunday qarorga kelindi?

O‘QING:Overwatch geymerlari 12 million dollar yig‘ishdi: mablag‘ ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashishga yo‘naltiriladi

Tashkilot  tarqatgan ma’ruzada ta’kidlanadiki,  o‘yin ishqibozlari  o‘yin chastotasini,  seansning boshlanishi va tugashini,  davomiyligini  nazorat qila olmay qoladi.  “O‘yinga berilish” diagnozi   kishida bir yil mobaynida  shunday hayot tarzi kuzatilsa qo‘yiladi va bu kishiga boshqa sohalardagi faoliyatida halaqit beradi.  Dunyo bo‘yicha  ushbu muammoga juda jiddiy qaralmoqda. Masalan Londondagi kasalxonalarning birida yaqinda tarmoqlar kasalligiga yo‘liqqanlarga mo‘ljallangan  narkologiya markazi ochildi.  U yerda kompyuter o‘yinlariga berilgan  bemorlarni davolash bilan shug‘ullaniladi.

Bilasizmi, Xitoyda 350 million nafar geymer bor, bu AQSh aholisidan ham ko‘p, degani.  Xitoy hukumati ushbu muammoni “uchinchi opium urushi” deb atamoqda.

O‘QING:PlayStation Store’da mavsumiy narxlar arzonlashuvi boshlandi

Xitoylik ota-onalar o‘smirlarning o‘yinga tobe’ligini turli yo‘llar bilan davolashga harakat qilmoqda. U yerda  og‘ir mehnat qildirib davolaydigan tarbiyaviy muassasalar juda ommalashib bormoqda.

O‘yinga tabe’likga qarshi kurashda yana bir o‘ziga xos  chora, bu xakerlarni yollashdir, deyiladi xabarda. Masalan, xakerlar  zamonaviy onlayn-o‘yinlarda  mavjud bo‘lgan vertual mukofotlarni o‘chirib yuboradi va geymerning  hafsalasini pir qilib, uni o‘yindan sovutishga harakat qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.