Smartfon g‘ilofidagi og‘u

  •   DiMaX
  •  697
  •  01.03.2021 09:03

Smartfon g‘ilofidagi og‘u

Hozirgi kunda mobil telefonlarning g‘iloflari qo‘shimcha funksiyalar bilan ham ishlab chiqarilmoqda. Ochilib-yopiluvchi g‘iloflarning aksariyatida pul, plastik kartochka va hokazolarni solib qo‘yish uchun «cho‘ntak» ham bo‘ladi. Lekin undan qanday maqsadlarda foydalanish baribir kishining o‘ziga bog‘liq...

O‘QING: iPhone 11’lar uchun «homilador» g‘iloflar chiqdi – naq bitta Redmi 8 narxida!

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati smartfon g‘ilofida giyohvandlik moddasi saqlagan yurtdoshimiz haqida ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, bu holat joriy yil 22 fevral kuni, Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan «Zarbdor oyligi» va «Antiterror-Tozalash» tadbirlari davomida aniqlangan.

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar ko‘chasida shubhali harakatlar sodir etganligi uchun yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Shunda uning egnidagi shimining orqa chap cho‘ntagidan 1000 so‘mlik kupyuraga o‘ralgan, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli modda topilgan. Bundan tashqari, fuqaroning qo‘lidagi Samsung telefon apparatining g‘ilofi ichida ham bir bo‘lak, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning umumiy sof og‘irligi 0,20 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘QING: Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!