Smartfonni «uchiruvchi» 5G-protsessor namoyish qilindi

  •   DiMaX
  •  855
  •  12.11.2020 18:01

Smartfonni «uchiruvchi» 5G-protsessor namoyish qilindi

Samsung kompaniyasi, o‘zi va’da qilganidek, bugun Exynos 1080 rusumli mobil chipsetini taqdim etdi. Mazkur protsessor Galaxy S21 turkumidagi flagmanlarga emas, balki ulardan arzonroq 5G-smartfonlarga mo‘ljallangan.

O‘QING: AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

Samsung Exynos 1080 protsessori bulturgi Exynos 980 chipsetining davomchisi bo‘lib, 5 nanometrlik EUV texnologik jarayoni sosida ishlab chiqilgan. Protsessor uch klasterli tuzilishga ega: unda bitta yuksak (2.8 GGs) samaradorlikka ega bo‘lgan Cortex-A78 yadrosi qo‘llangan. Ikkinchi klasterda muvozanatlashtirilgan uchta Cortex-A78 (2.6 GGs.lik) yadrosi bo‘ls, uchinchisi energiya tejovchi to‘rtta Cortex-A55 (2.0 GGs.lik) yadrosidir. Samsung uning ko‘p yadroli samaradorlik testida ikki karra yuqori natija ko‘rsatishini, smartfonning «uchib ishlashiga yordam berishi»ni va’da qilmoqda.

Tabiiyki, yangi protsessor NPU neyron chipini hamda DSP raqamli signal chipini ham o‘zida jamlagan. Ular soniyasiga 5.7 trilliongacha operatsiya bajara oladi. Exynos 1080 grafikasi uchun esa yangilangan Mali-G78MP10 grafik tezlatgichi mas’ul – u oldingi avlod grafik protsessoridan naq 2.3 baravarga tezkor.

Exynos 980 kabi, Exynos 1080 chipseti ham o‘ziga o‘rnatilgan 5G-modemga ega. Uning ma’lumot almashish tezligi soniyasiga 5.1 gigabitgacha yetadi. Yangi chipset LPDDR5/LPDDR4x tezkor xotira chiplarini, Bluetooth 5.2 hamda Wi-Fi 6 interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu protsessor smartfonda chastotasi 144 gerslik FHD+ formatidagi, 90 gerslik WQHD+ formatidagi displeylarni o‘rnatishga imkon beradi. Bulardan tashqari, Exynos 1080 chipli smartfonni 200 megapiksellikkacha bo‘lgan kamera datchigi bilan chiqarish mumkin – bunaqa sensor hali taqdim etilmagan ham!

Samsung so‘zlariga ko‘ra, Exynos 1080 protsessorli smartfonni birinchi bo‘lib Vivo chiqaradi. Mish-mishlarga qaraganda, bu – xitoylik kompaniyaning Vivo X60 flagmani bo‘ladi.

O‘QING: Bu yangi flagman barchani «changida qoldirdi»! (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!