SMS-xabar yoki @HUMOcardbot orqali xabar olishni o‘zingiz tanlaysiz

  •   DiMaX
  •  5260
  •  15.07.2019 10:16

SMS-xabar yoki @HUMOcardbot orqali xabar olishni o‘zingiz tanlaysiz

Joriy yilning 15 iyulidan e’tiboran bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oshirishga oid SMS-xabarlar narxlari oshiriladi. HUMO kartalari egalariga uning muqobili – @HUMOcardbot orqali axborot olish taklif etiladi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: Uzcard: SMS-xabarnoma xizmati narxi naq ikki baravarga oshirilyapti!

Bunda 11313 qisqa nomeridan kiruvchi xabarlar uchun haq miqdori 42,1 dan 84,2 so‘mgacha oshiriladi. Bu kompaniyaning – HUMO, «INFO ZONE» MChJ to‘lov tizimida SMS-xabarlarni yetkazib beruvchining xarajatlari oshishi, ya’ni aynan mobil operator tomonidan SMS narxlarining oshirilishi bilan bog‘liq.

HUMO kartalari egalariga bank kartalari orqali operatsiyalar to‘g‘risida axborot olishning muqobil usuli – @HUMOcardbot milliy to‘lov tizimining rasmiy boti yordamida axborot olish taklif etiladi.

Sinov davri doirasida xizmatning bepul ko‘rsatilishi davom etadi. Keyinchalik foydalanuvchiga tanlash imkoniyati taqdim etiladi: u bu xizmatdan haq to‘lab foydalanishi yoki xizmatni uzib qo‘yishi mumkin. Xizmatning narxlari keyinroq belgilanadi.

@HUMOcardbot’ning afzalliklari: uy va roumingdagi foydasi – kiruvchi SMS uchun haq to‘lanmaydi; Telegram messenjerning barcha qulayliklaridan foydalaniladi; sinov davri doirasida xizmat bepul ko‘rsatiladi.

Xizmatdan foydalanish uchun bankda SMS-xabarni faollashtirish zarur. Bank xodimlari iste’molchiga xizmatni faollashtirishda amaliy yordam beradi. Keyin Telegram-botni ishga tushirish va o‘z raqamingizni ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

O‘QING: O‘zbekistonda Visa va Mastercard to‘laqonli ishlamasligining 3 ta sababini Markaziy bank ma’lum qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!