Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman 10 soniyada 15 mln dollarlik sotildi!

  •   DiMaX
  •  1957
  •  10.03.2021 11:59

Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman 10 soniyada 15 mln dollarlik sotildi!

Xabaringiz borki, OPPO korporatsiyasining ushbu arzonchi subbrendi 4 mart kuni Realme GT rusumli superflagmanini taqdim etgan. Mazkur qurilma eng qudratli Android-protsessor – Snapdragon 888 bazasidagi eng arzon smartfon bo‘lib turibdi.

O‘QING: TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

Realme GT bugun – 10 mart kuni Xitoyda savdoga chiqdi va haqiqiy superxitga aylandi. Sotuv boshlanishi bilanoq Realme kompaniyasi rekordni e’lon qildi: atigi 10 soniya ichida yangi flagmandan naq 15 million dollarlik sotib ulgurishibdi!

Aytish kerakki, Realme GT superflagmanining tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 8/128 gigabaytlik varianti uchun 448 dollarlik narx belgilangan, biroq oldindan buyurtma asosida yanada arzonroq – bor-yo‘g‘i 433 dollarga olish imkoni taqdim etilgan. Xotirasi 12/256 GBlik varianti ham qimmat emas – 525 (avvaldan buyurtma qilinsa – 510) dollar turadi.

Hozirgacha na Redmi, na boshqa biror smartfonsoz flagman chipli mahsulotini bunchalik arzon taklif eta olmagan.

O‘QING: Global bozordagi eng kuchli o‘nta hamyonbop Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!