Sony taqdim etgan «aqlli» tasmacha hatto Apple Watch’dan ham qimmat!

  •   DiMaX
  •  1119
  •  14.02.2019 12:05

Sony taqdim etgan «aqlli» tasmacha hatto Apple Watch’dan ham qimmat!

Smart-soatlarning ko‘plab funksiyalarini tasmachaga o‘tkazish amaliyoti allaqachon qo‘llana boshlagan. Bunaqa yondashuv zamonaviy funksiyalarni har qanday qo‘l soatiga o‘tkazish imkonini beradi.

O‘QING: Erkaklar tasmasi telefonni zaryadlaydi

Sony kompaniyasi turli taqiluvchi gadjetlar uchun Wena rusumli «aqlli» tasmachani taqdim etdi. Unga juda ko‘plab funksiyalar joriy etilgan: kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli bor, yurak chastotasini o‘lchovchi datchik o‘rnatilgan. Sun’iy yo‘ldosh orqali joylashuvni aniqlovchi GPS moduliga ega, organizm faolligini kuzatib boradi. Yana smartfondan keluvchi bildirishnomalarni aks ettiruvchi ekranchasi ham bor. Umuman olganda, bu to‘laqonli fitnes-treker vazifalariga ega tasmachadir.

Wena smart-tasmachasi 20 millimetrlik uzunlikda, ammo 18, 20 va 22 millimetrlik qisqichlarga ham mos tushadi. Ayni paytda u ikki versiyada taklif etilmoqda: rezinadan ishlangan Wena Wrist Active hamda metalldan qilingan Wena Wrist Pro. Har ikkalasi ham 5 atmosfera bosimigacha suvdan himoyalangan va akkumulyatorining quvvati naq yarim yilga yetadi.

Sony Wena smart-tasmachasini hozircha faqat Buyuk Britaniyada, o‘ziyam 450-500 AQSh dollariga teng narxda sotuvga chiqarishgan.

O‘QING: Nubia qayishqoq displeyli ilk «aqlli» soat-smartfonni tayyorladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!