Speedtest reytingi: O‘zbekistonda internet tezligi 2,4 baravar o‘sdi!

  •   DiMaX
  •  1507
  •  20.03.2020 13:03

Speedtest reytingi: O‘zbekistonda internet tezligi 2,4 baravar o‘sdi!

Speedtest Global Index mobil va simli aloqa internet tezligi jahon reytingida yanvar oyida yurtimiz 4 pog‘ona yuqorilagan edi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berishicha, o‘tgan oyda ham bu borada yuksalish sezilgan.

O‘QING: «O‘zbektelekom» internet xizmatlarini mahalliylashtirdi: endi tezlik oshib, narxlar pasayadi!

Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi 2020 yilning fevral oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa Internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston internet aniqlangan tezligi natijalariga ko‘ra yana ikkita pozitsiyaga ko‘tarilgan.

Internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 102-pog‘onani egallab turibdi. Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,4 baravarga, ya’ni – 10,89 Mbit/coniyadan (2019 yil yanvar holatiga) 26,30 Mbit/coniyagacha (2020 yil fevral holatiga) o‘sgan.

O‘QING: O‘zbekistonda internet 34 foizga arzonlashib, tezligi ham oshirildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!