«Svyaznoy» Tesla elektromobillariga buyurtma qabul qilishni boshladi

  •   Saroy
  •  1064
  •  08.06.2018 14:58

«Svyaznoy» Tesla elektromobillariga buyurtma qabul qilishni boshladi

Kichik gadjetlar bilan savdo qilib kelayotgan rossiyalik riteyler «Svyaznoy» kompaniyasi  endi  yanada kattaroq gadjetlarning savdosiga qo‘l urmoqchi. Aniqrog‘i, kompaniya Moskvaning Tesla klubi bilan hamkorlikda elektromobillariga buyurtma qabul qilayotganini e’lon qildi.

O‘QING: Ilon Mask shoshilmasa bo‘lmaydi

«Svyaznom» da onlayn-buyurtma uchun  Tesla’ning flagman modellari —  Model S sedani, Model X,  Model 3 va Roadster krossoverlari taklif etilmoqda. Shuningdek, xaridor elektromobil konfiguratorini ham olish mumkin. Bunda u saytga kirib model, modifikatsiya va qo‘shimcha opsiyalarini buyurtma qiladi.

O‘QING: Elon Mask: «Bu texnologiya baxtsiz hodisalarni 10 barobarga qisqartiradi»

Ishonchli xaridor aniqlangandan keyin Moscow Tesla Club menejeri konfiguratsiyalarning nusxasini oladi va buyurtmachi bilan bog‘lanib, to‘lov tartiblari va elektromobilni olish shartlarini aniqlab oladi. Natijada, mijoz avtomobilni onlayn tarzda  tanlaydi va «Svyaznoy» joylashgan istalgan shahardan qabul qilib oladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.