Taniqli aktrisa nomidan feyk akkauntda firibgarlik qilgan o‘quvchi ushlandi

  •   DiMaX
  •  1199
  •  19.06.2021 14:50

Taniqli aktrisa nomidan feyk akkauntda firibgarlik qilgan o‘quvchi ushlandi

Internetda ijtimoiy tarmoqlar orqali firibgarlik jinoyatlari ko‘p uchramoqda va ular asosan plastik kartadan pul yechib olinishi bilan bog‘liq. Shulardan biri haqida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

O‘QING: Olx.uz’da kishilarni chuv tushirib kelayotgan qurolli jinoyatchi qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi fuqaro D.K. joriy yilning 15 mart kuni Nukus shahar ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Ariza mazmuniga ko‘ra, 14 mart kuni uning qizi N.R.ning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi profiliga «giveaway-asal» va «asalshodieva_dar1t» nomi bilan ochilgan noma’lum profil egasi tomonidan yozma xabarnoma kelgan. Unda «Siz 200 000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz» degan mazmundagi tabrik mavjud bo‘lgan.

Profil ortidagi noma’lum shaxs bilan yozishma jarayonida, qiz uning aldovlariga ishonib, o‘ziga tegishli Uzcard bank kartasining kodi va parolini yozib bergan. So‘ng shu kuni soat 21.00 larda bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 600.000 so‘m miqdordagi puli yo‘qolganligini payqagan va tegishli idoraga ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsning Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. aniqlandi.

Hozirda ushbu fuqaroning boshqa turdosh jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi yana bir bor ogohlantiradi, bank kartalaringizning kodi va parolini hech qanday sharoitda, hech kimga ma’lum qilmang, sodda bo‘lmang, firibgarlarning nayranglariga tushib qolmang.

O‘QING: «Kasperskiy laboratoriyasi» ogohlantiradi: «Telegram endi xavfsiz emas!»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!