Tanqidlar ish berdi – Apple g‘oliblarni taqdirlaydigan bo‘ldi. Fototanlovda siz ham qatnashing!

  •   DiMaX
  •  867
  •  26.01.2019 11:06

Tanqidlar ish berdi – Apple g‘oliblarni taqdirlaydigan bo‘ldi. Fototanlovda siz ham qatnashing!

Kuni kecha Apple korporatsiyasi iPhone kamerasida olingan fotosuratlar tanlovini e’lon qilgan edi. Lekin uning g‘oliblariga biror moddiy rag‘batlashtirish belgilanmaganligi tanqidlarga sabab bo‘ldi.

O‘QING: Apple xasisligi uchun malomatga qoldi: «Ayfon bersa, asakasi ketarmidi!?.»

#ShotOniPhone heshtegli tanlovda ayfonda olingan suratlarning eng yaxshi o‘ntasini Apple o‘z reklama plakatlarida, rasmiy saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida e’lon qilish bilangina cheklanmoqchi edi. Uning xasisligini tanqid qilib yozilgan ko‘plab fikrlardan so‘ng korporatsiya ushbu fototanlov qoidalariga o‘zgarish kiritdi.

Xullas, tanlov qoidalari aks ettirilgan hujjatdagi «Mukofot pul qiymatiga ega emas» degan qismi yangi – «...g‘oliblar o‘z ishlaridan reklamalarda foydalanilganlik uchun litsenziyaga ko‘ra haq oladilar» so‘zlari bilan almashtirilgan. Ammo kompaniya bunda mukofot pulining miqdorini aniq aytmagan.

Shunday bo‘lsa-da, iPhone egalariga 7 fevralgacha davom etuvchi mazkur tanlovda qatnashishni tavsiya qilamiz. Ishtirok etish tartibi bilan esa quyidagi xabarimizda tanishishingiz mumkin.

O‘QING: iPhone’ingiz bormi? Marhamat – Apple tanlovida qatnashing!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!