Tap: matn terish uchun qo‘lqop ixtiro qilindi

  •   Saroy
  •  835
  •  21.09.2018 11:09

Tap: matn terish uchun qo‘lqop ixtiro qilindi

Tap deb nomlangan yangi qurilma barcha barmoqqa bir yo‘la kiyiladi, har bir uzuk qo‘l harakatini kuzatib boradi. Bunday aniq quzatish kompyuter yoki smartfonni masofadan turib boshqarish imkonini beradi.

Matnni terish uchun belgilarning yangi tizimini yodlab olish lozim. Tar qo‘lqopini kiyib olgan har bir barmoq ma’lum bir harakatni va belgini aytadi, uni harakat yoki stolga bir necha bor taqillatish yo‘li bilan boshqarish mumkin. Shuningdek, ushbu qurilma sichqoncha va hatto geympad o‘rnini ham egallashi mumkin.

O‘QING:Diqqat! Axborot urushida yangi qurol paydo bo‘ldi

Ixtirochilar yangi uslubni smartfonlar, kompyuterlar va virtual reallikni boshqarishda foydalanish taklifini ilgari surmoqda. Dastlabki vaqtda matn terishni o‘rganish kerak, buning uchun yo‘riqnomasi bilan maxsus mobil ilova  paydo bo‘ladi. Qo‘lqop qurilmaga  Bluetooth orqali ulanadi va bir quvvat olganda 8 soat ishlaydi.

Gadjetlarni boshqarishning yangi uskunasi uchun ishlab chiqaruvchilar 179 dollar so‘rashmoqda. Komplektda qurilma bilan birga saqlash va quvvatlantirish uchun maxsus keys ham bor.

O‘QING:Ijodning bari shu yerda: yangi texnologiyalar ko‘p pul topishni o‘rgatadi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!