Taqdim etilmagan Redmi Note 6 va Redmi 6 Plus smartfonlarini allaqachon «qismlab terib» sotishyapti!

  •   DiMaX
  •  2649
  •  10.09.2018 08:25

Taqdim etilmagan Redmi Note 6 va Redmi 6 Plus smartfonlarini allaqachon «qismlab terib» sotishyapti!

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 6 va Redmi Note 6 Pro smartfonlarini tayyorlayotgani haqida ilk bor FCC orqali ma’lumot tarqalgandi. Keyinchalik esa bu ikki model yana bir necha mamlakatning tegishli tashkilotlari tomonidan sertifikatlangan.

O‘QING: Redmi Note 6 hamda Note 6 Pro «yo‘lga chiqdi»: jihat va narxlari ma’lum!

Shuningdek, Xiaomi bu yil yana Redmi 6 Plus rusumli mobil qurilma chiqarishi ham uning rejalaridan ma’lum bo‘lgan. Garchi ushbu smartfonlarning hali hatto taqdimot sanasi ham aniq bo‘lmasa-da, «uddaburon» xitoyliklar allaqachon Redmi Note 6 hamda Redmi 6 Plus modellarini yetkazib bera olishlarini aytib, AliExpress orqali e’lon berishgan.

Ammo shunisi ham borki, sotuvchilar bu modellarni butun holida emas, balki buyurtmaga ko‘ra qismlaridan terib tayyorlab berishlarini aytishgan. Aftidan, smartfonlarni terish bilan shug‘ullanuvchi rasmiy sexning ayrim xodimlari ayyorlik yo‘lini tutishgan. Ya’ni, ular mobil qurilmalarning original qismlarini yashirincha olib chiqib, tashqarida terib sotishni yo‘lga qo‘yishgan.

Yuqoridagi suratda ko‘rib turganingizdek, Redmi 6 Plus modelining LCD-ekrani diagonaliga 5,99-dyuymlik bo‘lib, tepa qismida «o‘yiq» mavjud. Redmi Note 6 fableti esa 6,18 dyumlik LCD-displeyga ega va uning yuqorisidagi «kemtik» nisbatan kichkinaroq:

Tabiiyki, yuqoridagi tarzda terib sotilgan smartfonning to‘g‘ri ishlashiga hech kim kafolat bera olmaydi, shu bois tavakkal qilishning ham keragi yo‘q. Xiaomi’ning hozirgacha savdoga chiqargan ko‘plab smartfonlari, hatto yaqinda taqdim etilgan «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 ham O‘zbekistonda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Terashop.uz’da aksiya: Xiaomi smartfoni xaridida original Mi quloqchini sovg‘a! Narxlar bilan tanishing (2018 yil 7 sentyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.