Tarixda ilk bor: xitoyliklar Oyda paxta o‘stirishdi!

  •   DiMaX
  •  1212
  •  16.01.2019 10:15

Tarixda ilk bor: xitoyliklar Oyda paxta o‘stirishdi!

Joriy yilning 3 yanvar kuni insoniyat tarixda birinchi marta Oyning narigi tomoniga o‘z uchar apparatini qo‘ndirgan. Bu Xitoyning Change-4 fazo kemasi edi.

O‘QING: Xitoy butun Yer yuzini bepul internet bilan ta’minlash uchun ilk sun’iy yo‘ldoshni uchirdi

Ushbu parvoz doirasida mini-biosfera yaratishga mo‘ljallangan Lunar Micro Ecosystem tajriba dasturi ham ko‘zda tutilgan. Aniqrog‘i – baza stansiyasi ichidagi germetik konteynerda biologik material – turli o‘simliklar urug‘lari ekilgan Yer tuprog‘i ham mavjud.

Xitoyning Xinhuanet yangiliklar agentligi bergan xabarga ko‘ra, u yerdagi tuproqqa qadalgan g‘o‘za – paxta urug‘i birinchi bo‘lib unib chiqqan. Bu – insoniyat Yer sayyorasidan tashqarida o‘stirgan ilk o‘simlikdir!

Ushbu tajribadan maqsad – Yer organizmlarining Oy gravitatsiyasi sharoitida rivojlana olish-olmasligini aniqlash. Change-4 bortidagi konteyner radiatsiyadan yaxshi himoyalangan va unda Yerdagi shart-sharoitlar yo‘lga qo‘yilgan. Kelajakda shunday sharoitlarga ega Oy koloniyalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘QING: Oyni kimlar egallamoqchi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!