Tayyor turing: Apple ixcham va arzon iPhone SE 2 ustida ishlayapti!

  •   DiMaX
  •  1552
  •  05.09.2019 13:23

Tayyor turing: Apple ixcham va arzon iPhone SE 2 ustida ishlayapti!

Kupertinolik gigant iPhone SE rusumli ixcham smartfonining ikkinchi avlodini chiqarishi haqida juda ko‘plab mish-mishlar tarqalgan. Lekin ularni Apple’ning o‘zi biror marta ham rasman izohlamagan.

O‘QING: iPhone SE 2 modeli iPhone 8 bazasida chiqadi – taqdimot vaqti va jihatlari

Nikkei nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning bahorida Apple yana bitta ixcham smartfon taqdim etadi. Uni 2016 yili taqdim etilgan va haqiqiy xitga aylangan iPhone SE modelining yangilangan versiyasi, deyish mumkin.

Xabarga ko‘ra, shartli ravishda iPhone SE 2 deb atalayotgan mazkur qurilma ekrani diagonaliga 4 dyuymlik o‘lchamga ega. Korpusining o‘lchami original modeldagisi bilan bir xil bo‘lsa-da, uning «ichki dunyosi» – apparat ta’minoti butkul yangicha.

Aytish kerakki, o‘sha 2016 yildan buyon Apple birorta ham arzon smartfon chiqarmagan. iPhone 8 (sotib olish) hamda iPhone XR (xarid qilish) modellari nisbatan hamyonbop bo‘lsa-da, baribir ular hatto ko‘plab ilg‘or Android-smartfonlardan ham qimmat. Endi kupertinoliklar iPhone SE 2 modeli bilan yanada kengroq foydalanuvchilar auditoriyasiga kirib borishni ko‘zlashayotgan bo‘lsa ajabmas.

O‘QING: Bu yilgi eng arzon iPhone taqdimotdan avval Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!