Telegram asoschisi Pavel Durov yana WhatsApp va Facebook’ni jiddiy aybladi

  •   DiMaX
  •  931
  •  18.10.2018 13:09

Telegram asoschisi Pavel Durov yana WhatsApp va Facebook’ni jiddiy aybladi

VKontakte ijtimoiy tarmog‘i hamda ommabop Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov kuni kecha WhatsApp hamda Facebookni tanqid qilib chiqdi. Bu boradagi fikrlarini u o‘zining kanali orqali e’lon qilgan.

O‘QING: Pavel Durov Apple va Google’ni «tarixdagi eng yirik qalloblar» dedi va fikrini izohladi

Durovning fikricha, Telegram foydalanuvchilarining maxfiyligini birinchi o‘ringa qo‘yishi bilan ajralib turadi. WhatsApp hamda Facebook’ning esa u aynan shu jihatini tanqid qilgan.

WhatsApp jamoasidan uning asoschilari – Brayan Ekton va Yan Kum ketgach, bu messenjer foydalanuvchilarning talablariga javob bera olmay qolgan, deydi Durov.

«WhatsApp asoschilarining tashlab ketishi – o‘z kompaniyangni sotish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligining ajoyib misolidir. Siz pul ishlab olasiz, ammo juda qadrli bo‘lgan narsani – yaxlitlikni hamda bundan keyin ham millionlab insonlarning hayotini yaxshilashda davom etish imkonini yo‘qotasiz», – deydi u.

2018 yilning oktyabrida ma’lum bo‘lishicha, Facebook ushbu messendjer orqali pul ishlab olishga qaror qilgan. Ammo shuning orqasidan, xakerlar himoyadagi «tirqish» tufayli videoqo‘ng‘iroqlar paytida foydalanuvchilarning yozishmalariga kira olishlari mumkinligi ham ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: WhatsApp’da guruh tarzidagi qo‘ng‘iroq va videoqo‘ng‘iroq ishga tushdi – ulardan qanday foydalanamiz?

«O‘tgan haftada ma’lum bo‘lishicha, WhatsApp xavfsizlik tizimida ko‘p yillar mobaynida maxfiy «tuynuk» bo‘lgan: kim bilan videomuloqot qilgan bo‘lsangiz, u sizning xabarlaringizni o‘qiy olishi mumkin ekan. Garchi shundan boshqa «tirqish»lar bo‘lmasa (bunga ham ishonch yo‘q) ham, baribir WhatsApp’da uchinchi shaxslar xabarlaringizni o‘qishi mumkin bo‘lgan boshqa «yoriq»lar bor», – deyiladi Durov bayonotida.

Reklamaning bo‘lmasligi va maxfiylik WhatsApp yaratilgan payti uning asosida bor edi. Durov ishonch bilan ta’kidlashicha, undagi hozirgi muammolar uchun Facebook aybdor. Uning fikricha, bu kompaniya, o‘zining tijoriy manfaatlarini foydalanuvchilarining manfaatlaridan ustun qo‘yadi.

«Telegram’ning boshqa barcha servislardan farqi ham shunda: biz uchun hamisha muhim bo‘ladigani – sizlarning manfaatlaringizdir», – deya ta’kidlaydi Durov.

Aytish kerakki, u avval ham ushbu messenjer va tarmoqni ayni shu jihatiga ko‘ra tanqid qilib chiqqandi.

O‘QING: Telegram asoschisi: «WhatsApp va Facebook o‘z foydalanuvchilarining ishonchini sotmoqda»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!