Telegram’da aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatgan novvoyga hukm o‘qilib, telefoni ham musodara etildi

  •   DiMaX
  •  1308
  •  25.03.2019 15:24

Telegram’da aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatgan novvoyga hukm o‘qilib, telefoni ham musodara etildi

Qo‘qon shahrida novvoychilik bilan shug‘ullanib kelgan B.Sanayevga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) nisbatan internet bilan bog‘liq jinoyati sababli sud hukmi o‘qildi. Bu to‘g‘rida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi sudyasining xabarini O‘zbekiston Milliy axborot agentligi e’lon qilgan.

O‘QING: Telegram’dagi tovlamachilar: namanganlik adminlar jinoyat ustida qo‘lga olindi!

Xabarga ko‘ra, B.Sanayev Telegram messenjeri orqali hikmat mazmunidagi kanalga a’zo bo‘lib, u orqali qirg‘izistonlik Abdulloh domlaning aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, jihodga, shahidlikka da’vat etuvchi diniy mazmundagi «Jannatga_oshiqlar» nomli ma’ruzasini o‘z telefoni xotirasiga yuklab oladi.

Bu ham yetmagandek, u mazkur ma’ruzalarni sinfdoshi Sh.Usmanovning Telegram profiliga tarqatib, jinoyat sodir etgan. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida B.Sanayevning bu xatti-harakati fosh bo‘ldi va qilmishi uni sud kursisiga yetakladi. 2019 yilning 15 mart kuni sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlari eshitildi.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqda hokimga tuhmat qilgan shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Sud tomonidan B B.Sanayevning 2-guruh nogironi ekanligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoitini, voyaga yetmagan farzandlari borligini, oilada yagona boquvchi ekanini, muqaddam sudlanmaganligini, yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan berilgan kafolat xatini va boshqa barcha jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olinib, unga nisbatan sutkaning soat 22:00 dan soat 7:00 gacha bo‘lgan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan ikki dona telefon apparati esa davlat foydasiga musodara qilindi.

B.Sanayev zimmasiga ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik, aloqa vositalaridan, shu jumladan, internetdan foydalanmaslik, jazoni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik, Farg‘ona viloyati hududidan tashqariga chiqmaslik kabi qo‘shimcha taqiqlar yuklandi.

O‘QING: Andijonda internetdan g‘arazli maqsadda foydalanganlar jazolandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!