Telegram Desktop 1.2.6 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1589
  •  30.12.2017 21:46

Telegram Desktop 1.2.6 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Tobora ommalashib borayotgan Telegram messenjerining kompyuter va noutbuklarda foydalanishga mo‘ljallangan Telegram Desktop dasturi Yangi yil bayrami arafasida – 30 dekabr kuni 1.2.6 talqinida taqdim etildi. Bu haqda messenjerdagi Telegram News kanali xabar bergan.

O‘QING: Durov kriptovalyuta chiqarib, Telegram foydalanuvchilarini ham millionerga aylantirmoqchi (+video)

Mazkur talqinda Telegram Desktop ilovasi bir qancha o‘zgarish va qulayliklarga ega bo‘lgan ulardan asosiylari quyidagilardir:

  1. Bir nechta fotosurat va videolavhalardan birgalikda foydalanishda 10 tagacha mediafayllarni guruhga birlashtirish mumkin.
  2. Endi mediafayllarni almashinuv buferidan qo‘shish imkoni bor. Shuningdek, albomni uzatishda undagi mediafayllarning tartibini ham o‘zgartirsa bo‘ladi.
  3. Kanallar va guruhlarning ma’murlari foydalanuvchilarni taklif etuvchi maxfiy havolalarni tahrirlay oladilar.
  4. Endilikda albomlarni ko‘rishda ekranning pastki qismida mediafayllarning kichkina suratchalari – miniatyuralar aks etib turadi.
  5. Ayrim xatoliklar bartaraf etilgan va ilovaning ishlashi birmuncha yaxshilangan.

Mazkur yangi imkoniyatlardan bahramand bo‘lish uchun, kompyuteringizdagi Telegram Desktop ilovasini yangilang. Agarda bu dasturdan foydalanib ko‘rmagan bo‘lsangiz, uni yuklab olish uchun messenjerning rasmiy saytidagi mana bu sahifaga o‘tasiz.

O‘QING: iOS uchun Telegram 4.6 taqdim etildi: Android’dagidan ustunliklari nimada?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.