Telegram kriptovalyutasi: chiqish kunigacha aniq bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  992
  •  28.08.2019 14:36

Telegram kriptovalyutasi: chiqish kunigacha aniq bo‘ldi!

Ommabop va xavfsiz Telegram messenjeri asoschisi o‘z kriptovalyutasini ham chiqarishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida bir qator xabarlar berganmiz. Biroq ko‘pchilik kutayotgan bu voqeaning qachon amalga oshishi hamon so‘roq ostida edi.

O‘QING: Pavel Durov Telegramga qariyb 30 mlrd $ “joylamoqchi”

The New York Times nashriga ko‘ra, kompaniya o‘z kriptopulining «birinchi partiyasi»ni shu ikki oy ichida amalga kiritadi. Ushbu nashr qo‘lga kiritgan huquqiy hujjatlarga ko‘ra, Telegram o‘z valyutasini shu yilning 31 oktyabriga qadar yo‘lga qo‘yishi kerak. Aks holda, uning uchun to‘plangan 1,7 milliard dollaridan mosuvo bo‘ladi – bu esa hatto Pavel Durov uchun ham, Telegram uchun ham juda katta pul!

Shu boisdan ayni damda Telegram shu kriptovalyutasini imkon qadar tezroq muomalaga chiqarishga bor e’tiborini qaratgan. Messenjerning barcha foydalanuvchilari mazkur kriptopullarni Gram nomli raqamli hamyonda saqlashlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Endi Allamjonovning ham telegram kanali bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.