Telegram’ning Android-ilovasi 4.9.1 talqinda: yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  4367
  •  27.08.2018 14:41

Telegram’ning Android-ilovasi 4.9.1 talqinda: yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

O‘zbekistonda ommabop messenjerlardan bo‘lgan Telegram o‘zining «yashil robotchali» qurilmalarda ishlatishga mo‘ljallangan ilovasini yangiladi. Unda foydalanuvchilar uchun bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etilgan.

O‘QING: Rossiya maxsus xizmatlari Telegram anonimligini buzib kira olishdi!

Android operatsion tizimi uchun taqdim etilgan 4.9.1 talqinidagi Telegram’da, jumladan, quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirilgan:

  1. O‘ziga xos sozlamalarga ega chatlarni yanada qulay ko‘rish uchun bildirishnomalar sozlamalarida yangi bo‘lim tashkil etilgan.
  2. Telegram Passport endi ko‘plab ma’lumotlarni, shu jumladan, hujjatlarning tarjima qilingan versiyalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
  3. Telegram Passport’da ma’lumotlarning muhofazasi kuchaytirilgan.
  4. Telegram Desktop orqali ma’lumotlarni eksport qilish imkoniyati yuzaga kelgan.

Android-smartfoningizga ushbu messenjerni mana bu havola orqali Google Play’dan yuklab (avvaldan foydalanayotgan bo‘lsangiz – yangilab) olishingiz mumkin.

O‘QING: Xushxabar: UMS ham o‘z Telegram-botini ishga tushirdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!