Telegram’ning iOS-ilovasi ham yangilandi – o‘zgarishlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  738
  •  29.06.2018 07:48

Telegram’ning iOS-ilovasi ham yangilandi – o‘zgarishlar bilan tanishing!

Rossiyada bloklanishi va boshqa mamlakatlarda ham turli to‘siqlarga duch kelishiga qaramasdan, Telegram jamoasi ushbu messenjerni takomillashtirishda davom etmoqda. Jumladan, uning Apple mobil qurilmalarida foydalanishga mo‘ljallangan kliyenti 4.8.3 talqinida taqdim etildi.

O‘QING: Putin so‘z berdi: «Telegram yopilmaydi!»

Aytish kerakki, iOS-devayslar uchun ishlab chiqilgan Telegram messenjeridagi o‘zgarishlar uning kuni kecha yangilangan Android-ilovasidagiga qaraganda kamroq. Ularning qisqacha ro‘yxati quyidagicha:

  1. Chatlarni endi o‘qilgan yoki o‘qilmagan tarzida belgilab qo‘yish mumkin.
  2. Audioxabarlarni tinglash hamda videoxabarlarni ko‘rishning tezlashtirilgan rejimi qo‘shilgan.
  3. Suhbatdoshingizga birovning kontaktini yuborayotib, qabul qiluvchiga bu kontaktning qaysi telefon raqamlari yoki boshqa ma’lumotlari yetib borishini o‘zingiz tanlay olasiz.
  4. Allaqachon yuborilgan xabarni tahrirlayotib, uning ichidagi mediafayllarni (surat, video...) boshqasiga almashtirishingiz, ularning ketma-ketligini o‘zgartirishingiz mumkin.
  5. Qidiruvda kishilarning niklari chiqmaydigan qilib qo‘yish mumkin.

Ushbu yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun Telegram ilovasini mana bu havola orqali App Store katalogidan yuklab (yoki yangilab) olishingiz mumkin. Uning keyingi talqinlarida esa yanada zo‘r imkoniyatlar taqdim etilishi kutilayotir.

O‘QING: Telegram uzoq kutilgan muhim funksiyaga ega bo‘ladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.