Telegram-profilga QR-kod orqali tezkor kirish (+video)

  •   DiMaX
  •  5016
  •  10.03.2020 18:12

Telegram-profilga QR-kod orqali tezkor kirish (+video)

O‘zbekistonda ommalashgan Telegram messenjeri o‘z foydalanuvchilari uchun turli qulayliklar taqdim etmoqda. Telegram O‘zbekiston undagi yangi imkoniyatlardan biri – Telegram Desktop dasturiga QR-kod orqali tezkor kirish usulini ko‘rsatib bergan.

O‘QING: Telegram haqida 13 qiziq savolga aniq javob!

QR-kod orqali avtorizatsiya qilish sizga kompyuteringizda (noutbukingizda) o‘z profilingizga iloji boricha tez va oson kirish imkonini beradi. Buning uchun oldin Telegram Desktop dasturining profilga kirish ekranida QR-kodini ko‘rsatishni yoqish va smartfondagi Telegram’da uni skanerlash funksiyasini faollashtirish kifoya.

Mana, buni quyidagi videoda ko‘ramiz:

Agarda sizda ikki bosqichli autentifikatsiya yoqilgan bo‘lsa, uning parolini ham kiritishingiz kerak bo‘ladi. Bunaqa himoya esa profilingizni buzib kirishdan saqlashda ishonchli vositadir.

O‘QING: Telegram’da telefon raqamingizni butkul yashirish yo‘lini o‘rganib oling

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!