Telegram’dagi ajoyib funksiya, nihoyat, WhatsApp’ga ham qo‘shilyapti

  •   DiMaX
  •  1201
  •  29.11.2019 11:47

Telegram’dagi ajoyib funksiya, nihoyat, WhatsApp’ga ham qo‘shilyapti

WhatsApp beta-testerlari messenjerda o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketuvchi xabarlar funksiyasi mavjudliginipayqab qolishdi. U xuddi Telegram va Snapchat ilovalaridagi kabi ko‘rinishda.

O‘QING: Smartfoningizdagi 19 ta xavfli ilova: Facebook, Messenger, Shareit...

Yangi funksiya Delete Messages (Xabarlarni o‘chirish) deb nomlanadi va WhatsApp messenjerining Android uchun chiqarilgan 2.19.348 raqamli beta-kliyentida allaqachon paydo bo‘lgan. Uning yordamida foydalanuvchi o‘zi yuborayotgan xabarning ma’lum bir vaqtdan so‘ng yo‘qolib ketishini belgilashi mumkin. Delete Messages shaxsiy yozishmalarda ham, guruhli chatlarda ham ishlaydi.

Aytish kerakki, bunday funksiya Telegram messenjerida allaqachondan beri mavjud. Unda o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘luvchi rasm yoki video jo‘natish usulini mana bu yo‘riqnoma-maqolamizda batafsil e’lon qilganmiz.

O‘z-o‘zidan yo‘qoluvchi xabarlar funksiyasining barcha WhatsApp foydalanuvchilariga qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum. Uning amaldagi barqaror versiisida esa xabarlarni faqat keyin o‘chirish mumkin.

Darvoqe, Telegram asoschisi Durov yaqinda: «Smartfoningizdan bu ilovani o‘chirib tashlang!» deya chiqish qilgan edi.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!