Telegram’dagi barcha o‘qilmagan xabarlarni bittada «o‘qilgan»ga aylantiramiz

  •   DiMaX
  •  3961
  •  08.06.2019 14:23

Telegram’dagi barcha o‘qilmagan xabarlarni bittada «o‘qilgan»ga aylantiramiz

Katta ehtimol bilan, siz ham Telegram’da ko‘p kanallarga a’zo bo‘lib qo‘ygan, shuningdek, ko‘pchilik guruhlarda qatnashayotgan bo‘lsangiz kerak. Agarda uzoqroq vaqt bu messenjerga kirmay turib, bitta ochsangiz – juda ko‘plab xabarlar kelgan bo‘ladi.

O‘QING: RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

Bu xabarlarning aksariyati allaqachon dolzarbligini yo‘qotgan bo‘ladi, ammo har bir kanal, guruh yoki chatga kirib ularni o‘qib chiqishga hafsalangiz yetmasligi mumkin. Shunday paytda ularning barchasini bitta usul bilan «o‘qilgan» xabarga aylantirib, ya’ni hisoblagichlarni nolga tushirib qo‘yish usuli bor.

Android-qurilmalar uchun ishlab chiqilgan Telegram’da bu juda oson: «Sozlamalar»ga kirib, ilovaning versiyasi yozuvi ustiga bosgancha, taxminan bir soniya muddat ushlab turasiz. Smaylik paydo bo‘lgach qo‘yib yuborasiz va versiya ustiga yana bir marta bosasi. Shunda yashirin sozlamalar menyusi ochiladi:

Menyuning oxiridagi «Barcha yozishmalarni o‘qish» («Prochest vse chati» – «Read all Chats») bandini bosasiz. Shundan so‘ng o‘qilmagan xabarlar hisoblagichi to‘liq tozalanadi.

O‘QING: Telegram’dagi shubhali kanallarga «firibgarlik» yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.