Telegram’ning dunyoda birinchi o‘ringa chiqishi sirini Pavel Durov aytdi

  •   DiMaX
  •  939
  •  09.02.2021 10:24

Telegram’ning dunyoda birinchi o‘ringa chiqishi sirini Pavel Durov aytdi

Kuni kecha biz Telegram messenjeri 2021 yil yanvar oyida TikTok ilovasini quvib o‘tib, dunyodagi eng ko‘p yuklab olingan mobil ilovaga aylangani haqida yozgan edik. Uning asoschisi Pavel Durov bunga erishish sirini e’lon qilgan, rasmiy Telegram Uzbekistan kanali esa uning chiqishini o‘zbek tiliga o‘girgan.

O‘QING: Telegram muassisi Pavel Durov qanday qilib Rossiyaning eng boy odamiga aylandi?

«So‘nggi 7,5 yil davomida Telegram ommabop mashhur ilovalar reytingida doimiy ravishda o‘sib bormoqda. 2013 yilda ishga tushirilgandan beri Telegram foydalanuvchilari soni har yili 40 foizdan ko‘proqqa oshmoqda.

Bizning sirimiz nimada? Izchillik, ketma-ketlikda.

So‘nggi 7,5 yil ichida biz foydalanuvchilarimizning shaxsiy hayotini doimiy ravishda himoya qilib kelmoqdamiz va muntazam ravishda ilovalarimiz sifati va xususiyatlari to‘plamini yaxshilamoqdamiz.

O‘z qadriyatlariga sodiq qolgan va uzoq vaqt davomida maqsad sari yo‘nalishga ega harakatni amalga oshirgan har kim o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishishi aniq. Bu insonning har qanday faoliyatiga – sport, bloggerlik, san’at, dasturlash, biznes yoki o‘qishga taalluqlidir», deyiladi Durov chiqishida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu messenjer asoschisi esa so‘nggi chiqishlaridan birida Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tgan; shuningdek, Donald Tramp akkaunti haqiqiyligi haqidagi o‘zbek blogerining so‘roviga javoban, uning feyk ekanligini aytishgan.

O‘QING: Firibgarlarning ishini Telegram osonlashtirdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!