Terakt oqibatida Shri-Lankada messenjer va ijtimoiy tarmoqlar ishlamayapti

  •   DiMaX
  •  633
  •  22.04.2019 11:15

Terakt oqibatida Shri-Lankada messenjer va ijtimoiy tarmoqlar ishlamayapti

Kecha – 20 aprel kuni Shri-Lankada bir nechta joyda portlashlar sodir etilganligidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Shu voqealardan keyin mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlar ishlamay qolganligi aytilmoqda.

O‘QING: Yangi Zelandiya terrorchisi o‘z hunarini videoo‘yindan o‘rgangan

Xabarlarga ko‘ra, bunday vaziyatda voqea-hodisalar haqida turli yolg‘on xabarlar tarqalishi ko‘p kuzatiladi. Shuning oldini olish maqsadida, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarni Shri-Lanka hukumatining o‘zi vaqtincha bloklagan, deyiladi xabarlarda.

Ayni damda mazkur mamlakat aholisi WhatsApp, Viber, Facebook hamda Twitter servislariga kira olmayapti. Ularning qachon ishlab ketishi haqida hozircha ma’lumot berilmayapti ham.

O‘QING: Terroristlar qaysi messenjerlardan ko‘p foydalanishi aytildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!