Tesla eng arzon Model 3 elektrokarini sotuvga chiqardi

  •   DiMaX
  •  1397
  •  20.10.2018 13:53

Tesla eng arzon Model 3 elektrokarini sotuvga chiqardi

O‘zining elektromobillari bilan tanilgan Tesla kompaniyasi arzon Model 3 elektrokarining savdosini boshladi. U standart versiyadan akkumulyatorining sig‘imi kamroq ekanligi bilan farq qiladi.

O‘QING: Ilon Mask kattalar uchun ham Tesla’ning mitti nusxasini taqdim etmoqchi

Bu haqda uning asoschilaridan biri va ijrochi direktori Ilon Mask o‘zining Twitter-akkaunti orqali xabar bergan. O‘z tvitida u mazkur elektromobilni xarid qilish sahifasiga eltuvchi havolani e’lon qilgan.

Hamyonbop Model 3 elektromobilining bitta quvvat bilan yurish masofasi 420 kilometrni tashkil etadi. Mashina 100 km/soat tezlikka chiqishi uchun 5,6 soniya vaqt sarflaydi. Uning eng yuqori tezligi esa 201 km/soatga teng.

«Arzon» deyilayotgan Model 3 elektrokarining narxi 45000 dollarga teng, bu – davlat tomonidan taqdim etiladigan 7500 dollar miqdoridagi soliq chegirmasini hisobga olmaganda.

O‘QING: Ford Teslaning ustidan kuldi: kompaniya rahbari 7000 ta mashinani 4 soatda yig‘ishini ma’lum qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!